» » Superliga. “Qo‘qon-1912” penaltidan gol urdi, Xolmuhammedov qizil kartochka oldi, “So‘g‘diyona” esa mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “Qo‘qon-1912” penaltidan gol urdi, Xolmuhammedov qizil kartochka oldi, “So‘g‘diyona” esa mag‘lubiyatdan qutulib qoldi


Superliga doirasida bugun, 25-aprel sanasida yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Ikkala o‘yin ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri Toshkentda “Paxtakor” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kech?ib, unda “sherlar”ning qo‘li baland keldi.

Kun taqvimidan o‘rin olgan ikkinchi bellashuv esa Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 5-daqiqasida hisob qo‘qonliklar tomonidan ochildi. Murod Xolmuhammedov belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa “So‘g‘diyona” Sardor Azimovning goli orqali javob qaytarishga erishdi. Hisob 1:1 ko‘rinishida yakunlandi

Superliga

8-tur bellashuvlari

25-aprel, chorshanba

Gollar: 0:1 — 5, penalti Murod Xolmuhammedov. 1:1 — 57 Sardorbek Azimov.

“So‘g‘diyona”: Dilshod Hamroyev, Azamat Isroilov (Farhod Mirahmatov, 72), Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Jahongir Abdumo‘minov, 41), Doniyor Hasanov, Sardorbek Azimov, Shohruz Norxonov, Akmal Xolmurodov, Tohir Shamsiddinov, Izzat Abdullayev, Ruslan Melziddinov

“Qo‘qon-1912”: O‘tkir Yusupov, Nosirbek Otaqo‘ziyev (Bahodir Pardayev, 62), Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziyev, Suhrob Berdiyev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Igor Taran (Muhammadanas Hasanov, 78), Marko Milich, Milan Spremo

Ogohlantirishlar: Elyor Orifov 4, Suhrob Berdiyev 22, Tohir Shamsiddinov 45, Alisher Ziyovuddinov 81,

Chetlatish: Murod Xolmuhammedov 88



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют