» » Rossiyaning eng yangi lazer qurolini modernizatsiya qilish boshlandi

Rossiyaning eng yangi lazer qurolini modernizatsiya qilish boshlandi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan mart oyida taqdim etilgan eng yangi jangovar lazer kompleksi “Peresvet”ni modernizatsiya qilish boshlandi. Bu haqda mudofaa vazirining o‘rinbosari Yuriy Borisov “Zvezda” telekanaliga intervyusida ma’lum qildi.

U “Peresvet”ni g‘alaba paradida qachon ko‘rish mumkinligi haqidagi savolga javob qaytara turib, bu kompleksni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlardan so‘ng yuz berishini ma’lum qildi. “Agar bugungi kunda u ancha ko‘p ta’minot mashinalarini talab qilsa, yaqin vaqt ichida u yetarlicha ixcham bo‘ladi va ehtimol uni keng ommaga namoyish etamiz”, — deya aniqlik kiritdi Borisov.

Vazir o‘rinbosari fikricha, kompleks yaqin ikki—uch yilda namoyish etish uchun tayyor bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют