» » O‘zbekistondagi ma’muriy sudlarda joriy yili 3,5 ming fuqaroning huquqi tiklandi

O‘zbekistondagi ma’muriy sudlarda joriy yili 3,5 ming fuqaroning huquqi tiklandi


Samarqand shahrida “Ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi islohotlar: O‘zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Oliy sudi hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mamlakatdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy sud sudyalari va mas’ul xodimlari, Samarqand viloyati prokuraturasi, adliya, soliq boshqarmalari, advokatlar palatasi vakillari, ma’muriy sudlar rais va sudyalari, xorijiy ekspertlar qatnashdi.

Oliy sudning ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi o‘rinbosari M. Astanov, Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari N. Rezyapova Harakatlar strategiyasi asosida sud-huquq tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

— Prezident tashabbusi bilan 2017-yil 1-iyundan ilk bor ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan 213 ta ma’muriy sud ish boshladi, — deydi M. Astanov. — Ushbu sudlar tomonidan o‘tgan yili 10 mingga yaqin ish ko‘rilib, 5 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning huquqi tiklandi. Joriy yilning birinchi choragida esa 5157 ish bo‘yicha 3,5 ming fuqaroning ishi ijobiy hal etildi.

Tadbirda joriy yil 1-aprelidan kuchga kirgan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks mazmun-mohiyati hamda sud ishi yurituvi sohasida O‘zbekiston va Germaniya tajribasi xususida atroflicha fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют