» » Farg‘onada joriy yili ma’muriy sudlar tomonidan 200 dan ortiq ish ko‘rib chiqdi

Farg‘onada joriy yili ma’muriy sudlar tomonidan 200 dan ortiq ish ko‘rib chiqdi


Farg‘ona shahrida “Ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi islohotlar: O‘zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy sud sudyalari va mas’ul xodimlari, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyati prokuraturasi, adliya, soliq boshqarmalari, advokatlar palatasi vakillari, ma’muriy sudlar raislari, xorijiy ekspertlar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi o‘rinbosari M.Astanov, Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari N.Rezyapova mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

— Ma’muriy sudlarning tashkil etilgani sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning samarasidir, – deydi Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi A.Eranov. — 2017-yil 1-iyundan Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi, tuman va shahar sudlari tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ma’muriy sudlarga o‘tkazildi. Joriy yilning birinchi choragida viloyatdagi ma’muriy sudlar tomonidan 202 ommaviy-huquqiy munosabatlarga oid ishlar mazmunan ko‘rib chiqilib, 100 dan ziyod jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Joriy yilning 1-aprelidan kuchga kirgan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks bilan fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ta’sir ko‘rsatidagan davlat organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)dan sud orqali himoyalanish tartibi protsessual-huquqiy jihatdan mustahkamlandi.

Davra suhbatida mazkur kodeksning mazmun-mohiyati hamda sud ishi yurituvi sohasida O‘zbekiston va Germaniya tajribasi xususida atroflicha fikr almashildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudda hal qilish tartibi, ma’muriy sud ishlarini yuritishning asosiy tamoyillari haqida takliflar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют