» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Maxfiy xizmati bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Maxfiy xizmati bilan hamkorlik qiladi


O‘zbekiston Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi doirasida bosh prokuror Otabek Murodov tomonidan AQShning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida uchrashuvlar o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xususan, AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Maxfiy xizmati ma’sul xodimlari bilan uchrashuvda o‘sib borayotgan tahdid va mazkur turdagi jinoyatlarning transmilliy xususiyatini inobatga olgan holda valyutaga oid jinoyatlar, qalbaki pul belgilari va boshqa to‘lov vositalarini tayyorlash va ulardan foydalanish hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

2018-yil 15-martda Toshkentda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Maxfiy xizmat o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumining ijrosini amalda ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют