» » Andijonda otinoyilar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Andijonda otinoyilar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi


Andijon viloyati Shahrixon tumanida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, otinoyilar faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tumanlardagi 76 mahalla fuqarolar yig‘inlarining otinoyilari, imom-xatiblar, mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Saodatxon Rasulova, O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul kotibi Mayramxon Abdullayeva, “Xadichai Kubro” qizlar madrasasi mudarrisi Muharramxon Qutbiddinova muqaddas Ramazon oyining fazilatlari, mamlakatda Prezident tashabbusi bilan diniy yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, shuningdek, ibodat, diniy arkonlarni bajarishda keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini alohida ta’kidladi.

— Mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy, diniy muhit barqarorligini ta’minlashda otinoyining roli nihoyatda katta, — deydi Shahrixon tumani bosh otinoyisi Muqaddasxon Soliyeva. — Chunki har bir ishda mahalla ahli unga ergashadi, quloq soladi. Shu ma’noda, tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham otinoyilarning bugungi kun nafasi bilan yashashga, ishlashga, yanada faol bo‘lishiga ko‘maklashishdan iborat.

Tadbirda aholi, ayniqsa, yoshlarning turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, to‘y-hasham, ma’raka va boshqa marosimlarni ixcham va kamchiqim o‘tkazishga erishish, bu borada otinoyilarning mas’uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutasaddi va mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют