» » “O‘zbekiston—Malayziya: savdo-investitsiyaviy hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida biznes-seminar tashkil etildi

“O‘zbekiston—Malayziya: savdo-investitsiyaviy hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida biznes-seminar tashkil etildi


O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan “O‘zbekiston—Malayziya: savdo-investitsiyaviy hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida biznes-seminar tashkil etildi. Unda hamkor mamlakatning 15 ga yaqin korporatsiya va kompaniyasidan 30 dan ziyod vakil ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.

Seminarda malayziyalik ishbilarmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investorlar uchun yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida taklif etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari haqida so‘zlab berildi. Mamlakatda yetishtirilayotgan sarxil mevalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Malayziyaga eksport qilish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida Silverlake Group Sdn Bhd kompaniyasi direktori Redzuan Kushairi barcha turdagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, xizmatlar uchun onlayn to‘lov qilish imkonini beradigan “Raqamli iqtisodiyot markazi”ni ishga tushirish va mobil ilovalar orqali to‘lov tizimini yanada rivojlantirishga oid biznes ishlanmalarini taqdim etdi. Loyihani dastlabki bosqichda amalga oshirish uchun 50 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda sanoat, ishlab chiqarish, servis, xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va tatbiq etishga doir takliflar bildirildi. Xususan, Serbo Dinamik Sdn Bhd kompaniyasi vitse-prezidenti Palendran Palachandran O‘zbekistonda kaustik soda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, neft va gaz quvurlarini ta’mirlash bo‘yicha texnoparklar tashkil etish maqsadida 80 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Monarch Aesthetic Sdn Bhd kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchilardan. Ayni paytda O‘zbekistonda kompaniya bilan Monarch Holdings qo‘shma korxonasi tashkil etilgan. Muzokaralarda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Malayziyaning Frasers Hospitality Hotel mehmonxonalar tarmog‘i departamenti direktori Jeffri Muhammad O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yuqori baholab, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida uy-mehmonxonalarni ommalashtirish istagida ekanini qayd etdi.

Tadbir so‘nggida hamkorlikning kelgusi istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Malayziyaning yetakchi firma va kompaniyalari vakillarining mamlakatga tashrifini tashkillashtirishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют