» » Farg‘onada Baliqchilik ilmiy-innovatsion markazi ochiladi

Farg‘onada Baliqchilik ilmiy-innovatsion markazi ochiladi


Innovatsion rivojlanish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining taklifiga asosan Farg‘ona davlat universitetida Baliqchilik ilmiy-innovatsion markazini ochish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markazda eksperimental-seleksion tadqiqotlar o‘tkazish, yangi baliqlarini moslashtirish va urchitish, yuqori oqsilli yem-ozuqa bazasini shakllantirish bo‘yicha eksperimental tadqiqot olib borish, ilmiy laboratoriyada baliq turlarini yetishtirish, intensivlashtirish bo‘yicha genetik tajribalarni amalga oshirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va iste’molga tayyorlashning texnologik siklini tadqiq etishga ixtisoslashgan, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan ilmiy laboratoriya tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Baliqchilik bilan 2007-yildan beri shug‘ullanib kelayotgan Farg‘ona shahridagi “Urag‘boy ota” fermer xo‘jaligi rahbari Alisher Mamajonov bugungi kunda umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etuvchi 8 ta hovuzda oq do‘ngpeshona, chipori do‘ngpeshona, oq amur, karp baliqlarini yetishtirib, viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, sahovat uylarini baliq mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.

— Hozirda 1 gektar havzada yiliga o‘rtacha 6–9 tonna baliq yetishtiramiz, — deydi Alisher Mamajonov. — Bu ko‘rsatkichga yetib kelgunimizcha ancha qiyinchiliklardan o‘tdik. Ish boshlaganimizda baliqlarni nobud qilib qo‘ygan paytlarimiz ham bo‘ldi. Sababi bizda sohaga yangi kirib kelgan amaliyotchilar uchun maxsus adabiyotlar, yo‘riqnomalar mavjud emas. Hovuzlarni qanday kavlash kerakligidan boshlab, baliqlarni qay yo‘sinda boqish kerak, ularni oziqlantirish masalasi kabi savollarga javob beradigan qo‘llanmalar ishlab chiqilishi kerak. Bundan tashqari, nazariy va amaliy bilimlarga ega kadrlarni yetishtirish ham muhim masalalardan. Bu yo‘lda o‘z tajribalarimdan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida hovuz baliqchiligini yuritish asoslari” kitobini yozib tugatdim. Nashrdan chiqqach, undan o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Aynan baliqchilik bilan shug‘ullanayotganlar yoki shu ishni boshlashni rejalashtirgan tadbirkorlar uchun yangi ochilayotgan Baliqchilik ilmiy-innovatsion markazi rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganish asosida intensiv usullarda baliq yetishtirish, baliq kasalliklarini o‘rganish va ularning oldini olish hamda davolash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqaradi.

Bundan tashqari, suv havzalarida baliq yetishtirish mahsuldorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib boradi, hududda mavjud baliq yetishtiruvchi korxona va xo‘jaliklarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish va suv havzalarini pasportlashtirish ham markazning zimmasida bo‘ladi.

Shuningdek, markazga qimmatbaho, eksportbop baliq turlarini ko‘paytirish, yuqori oqsilli yem-ozuqa bazasini shakllantirish bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar olib borish vazifalari yuklatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют