» » “Samarqand” xalqaro aeroportida 6 oy davomida 100 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi

“Samarqand” xalqaro aeroportida 6 oy davomida 100 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi


“Samarqand aeroport” chegara bojxona posti tomonidan 2018-yilning shu kuniga qadar jami 102 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, ular bo‘yicha 426,9 million so‘mlik tovar-moddiy qimmatliklar ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Zarafshon”.

Ushbu huquqbuzarliklarning barchasi “yashil yo‘lak”ni tanlagan yo‘lovchilar tomonidan sodir etilgan. Aniqlangan huquqbuzarlikdan 4 tasi — voyaga yetmagan shaxslar pornografiyasi hamda ta’qiqlangan diniy aqidaparastlik mazmunidagi materillarni Respublika hududiga olib o‘tishga urinish holatlarini tashkil etib, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, 8 ta holatda 577,22 gramm zargarlik buyumlari, 9 ta holatda tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan 1510 dona dori vositasi va tibbiyot buyumi, 69 ta holatda 8119 ta pornografik mazmundagi va shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi mahsulotlar, 50 dona patron gilzasini ham aynan “yashil yo‘lak” niqobida qonunga xilof ravishda olib kirilishi fosh etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona tartib qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ishlar yuritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют