» » Navoiy viloyatining olis tumanlarga 15 ta “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi

Navoiy viloyatining olis tumanlarga 15 ta “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi


Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Karmana tumanidagi “Metallurg” sihatgohida viloyatning olis tumanlari aholisi uchun 15 ta “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam mashinasini topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yangi tez tibbiy yordam avtomobillari barcha kerakli buyum va jihozlar bilan ta’minlangan. Bu tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Chekka tumanlardagi asosiy muammolardan biri yo‘l muammosi hisoblanadi. Ayrim ovullarga yilning ba’zi mavsumlarida yetib borishning iloji bo‘lmaydi. Ayniqsa, bu tez tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishiga xalaqit beradi. Shuni inobatga olib, maxsus va shoshilinch tibbiy yordam xizmati ish ko‘lamini oshirish maqsadida viloyatning Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota va Xatirchi tumanlaridagi qishloq vrachlik punktlariga uzoq masofaga chidamli “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam avtomobillari berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют