» » Samarqanddagi tibbiyot birlashmalarida suitsidga qarshi kurashish xonalari tashkil etildi

Samarqanddagi tibbiyot birlashmalarida suitsidga qarshi kurashish xonalari tashkil etildi


Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialida suitsid holatlarining oldini olish, suitsidga qarshi kurashish xonasi tashkil etildi. Suitsidga qarshi kurashish xonasida faoliyat yurituvchi psixolog o‘z joniga qasd qilib muassasaga tushgan bemor va uning yaqinlari bilan aloqaga kirib, ularga psixolog tavsiyalar berishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 5 oyida 188 ta qasddan odam o‘ldirish va unga suiqasd qilish jinoyati qayd etilgan. Ushbu jinoyatlarning 84 tasi oilaviy kelishmovchiliklar sababli sodir etilgan. 34 ta holatda er xotinini, 5 tasida xotin erini, 9 tasida ota-onalar o‘z bolasini, 11 tasida farzandlar o‘z ota-onalarini, 10 tasida aka-uka, opa-singillar va 15 ta holatda boshqa qarindoshlar bir-birini qasddan o‘ldirgan.

Ushbu jinoyatlarning 16 tasi rashk tufayli, 13 tasi ichkilikbozlik ta’sirida, 7 tasi ruhiy kasallik natijasida, 5 tasi g‘araz va ta’magirlik niyatida, 36 tasi maishiy munosabatlardagi turli kelishmovchiliklar va 7 tasi boshqa sabablarga ko‘ra sodir etilgan.

Hozirgi kunda Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish maqsadida ushbu tizim viloyatning barcha tuman va shaharlari tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalarda suitsid xonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют