» » O‘zbekistonda adliya tizimidagi shikoyatlar soni ikki barobarga kamaydi

O‘zbekistonda adliya tizimidagi shikoyatlar soni ikki barobarga kamaydi


Joriy yilning keyingi uch oyida joylarda tuman adliya bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Adliya vazirligining 2018-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay’at majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Farg‘ona viloyatlarida bu borada kamchiliklar mavjudligi aytib o‘tildi, deya xabar beradi O‘zA.

Hay’at majlisi videokonferens aloqa shaklida tashkil etilib, unda adliya organlari va muassasalarining barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Adliya vazirining o‘rinbosari M. Istamovning ta’kidlashicha, hisobot davrida soha faoliyatini takomillashtirishga doir 3 ta farmon va 6 ta qaror qabul qilindi. Shu asosda adliya organlari faoliyati tubdan isloh qilinib, vazirlik tarkibida yangi tuzilmalar tashkil etildi. Xususan, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti o‘z ishini boshladi. Jamoatchilik kengashi tuzildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Adliya vazirligida davlat va jamiyat hayotining muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan 121 ta qonun hujjati, shundan 29 ta qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga ko‘p demakdir.

Adliya tizimining aholi bilan muloqoti tubdan o‘zgardi, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan yaqindan muloqot qilishning yangi, zamonaviy va ta’sirchan shakllari amaliyotga joriy etildi. Shu jarayonda shikoyatlarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 mingdan 6 mingtaga kamaydi. Eng asosiysi, notariuslar harakatidan norozilik murojaatlari salmog‘i 2 barobarga kamaydi. Davlat xizmatlari markazlari sohasida islohotlar samarali bo‘lmoqda. Xususan, ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 18 tadan 85 tagacha oshdi.

Hay’at majlisida asosiy e’tibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi. Xususan, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil qilishda ayrim tizimli muammolar mavjudligi, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga jiddiy yondashmayotganligi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish talab darajasida emasligi, ayrim hududdagi aholi adliya bo‘limlari faoliyati tashkil etilganligidan bexabar ekanligi, bunda rahbarlarda shaxsiy tashabbus va talabchanlikning yetarli bo‘lmayotganligi alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda huquqiy axborotni yetkazish, yuridik xizmat va norma ijodkorligi sohasidagi ishlarni alohida “yo‘l xaritalari” orqali amalga oshirishga kelishib olindi. Adliya organlari rahbarlari tizimli nazoratni ta’minlash va yanada kuchaytirish, xodimlarning mas’uliyatini va ularning kasb-odob qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy javobgarligini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi idoralar faoliyatini tizimli ravishda nazoratda ushlab turish, jamoatchilik guruhlari yordamida “sirli mijoz” tadbirlarini keng amalga oshirish borasida vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют