» » Adliya vazirligi: O‘tgan 6 oyda notariuslardan norozilik holatlari 2 baravarga kamaydi

Adliya vazirligi: O‘tgan 6 oyda notariuslardan norozilik holatlari 2 baravarga kamaydi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2018-yilning 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Hay’at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlari to‘liq ishtirok etdi.

Majlisda bugungi kunda adliya organlari faoliyatidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sohaga doir bildirgan tanqidiy fikrlari va ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishga oid ishlar muhokama etildi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat va jamiyat hayotining muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan 121 ta qonun hujjatlari, shu jumladan 29 ta qonun loyihalari ishlab chiqilib, ularning soni o‘tgan davrga nisbatan ikki baravarga oshdi. Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalar sonining ham ikki baravarga oshishi, norma ijodkorligi sohasining naqadar samarali bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Adliya tizimini aholi bilan muloqoti tubdan o‘zgardi, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan yaqindan muloqot qilishning yangi, zamonaviy va ta’sirchan shakllari amaliyotga joriy etildi.

Adliya vazirligiga kelib tushgan shikoyatlarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 mingdan 6 minggacha kamaydi. Eng asosiysi, notariuslar harakatlaridan norozi bo‘lib tushayotgan murojaatlar salmog‘ining 2 barobarga kamayishiga erishildi.

Buning uchun adliya organlari va muassasalari faoliyatini keng yoritish bo‘yicha axborot-tahliliy va obzorli media materiallarni tayyorlash maqsadida vazirlik huzurida Axborot-tahlil multimedia markazi tashkil etildi.

Davlat xizmatlari markazlari sohasida islohotlar ham samarali davom ettirildi. Ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni ham 18 tadan 85 tagacha oshirilishi ta’minlandi. 16 ta xizmat turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan reglamentlar Hukumat tomonidan qabul qilindi.

Hay’at majlisida asosiy e’tibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi.

Xususan, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil qilishda ayrim tizimli muammolar mavjudligi, notarial idoralar va davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanayotganligi, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga jiddiy yondashmayotganligi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, xalq ichiga kirib borish faoliyati talab darajasidan ancha yiroqligi, ayrim hududdagi aholi adliya bo‘limlari faoliyati tashkil etilganligidanbexabar ekanligi, sohani takomillashtirish va aholiga qulayliklar yaratishdagi muammolarni hal etishda rahbarlarda shaxsiy tashabbus va talabchanlikning yetarli bo‘lmayotganligi, mavjud amaliyotni yaxshilash yuzasidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish va ularni ommalashtirish bo‘yicha ishlar qoniqarsiz olib borilayotganligi alohida qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют