» » Banklarda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati ishga tushdi

Banklarda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati ishga tushdi


O‘zbekiston Prezidentining 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston Markaziy banki nizomi qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda iste’molchiga axborot berishning minimal talablari, bankning rasmiy veb-saytida axborot berish xususiyatlari, bank faoliyatiga oid reklama tusidagi axborotlar berish, iste’molchiga beriladigan axborotning minimal hajmi, iste’molchi bilan munosabatlarni amalga oshirishning asosiy qoidalari, iste’molchiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha minimal talablar, qarzdorlik yuzaga kelganda banklarning iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi kabi talablar bayon qilingan.

Xususan, nizomda taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari va qiymati haqidagi axborotni berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi, masalan bank omonati shartnomasi yoki kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank xizmatlari iste’molchisiga og‘zaki tarzda bankda joriy etilgan omonat turlari hamda bank tomonidan taklif etilayotgan kredit turlari bo‘yicha barcha ma’lumotni taqdim etishi kerakligi belgilangan.

Ayni vaqtda Markaziy bank va tijorat banklari qoshida Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi. Ularning ish tartibini “Qishloq qurilish bank” misolida tushuntirib berishga harakat qilamiz. Ayni vaqtda Toshkent viloyat mintaqaviy filialining faoliyati namunaviy filial sifatida tashkil etilib, filial front-ofis va bek-ofis hududlariga ajratildi. Bankning qolgan filiallari faoliyatini ham namunaviy filialga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют