» » So‘rov: o‘zbekistonliklar dollar kursi sentabr oxiriga kelib, 7600—7800 so‘m bo‘lishini kutmoqda

So‘rov: o‘zbekistonliklar dollar kursi sentabr oxiriga kelib, 7600—7800 so‘m bo‘lishini kutmoqda


O‘zbekiston Markaziy banki so‘rovida ishtirok etganlarning aksariyati O‘zbekistonda dollar kursi sentabr oxiriga kelib, 7600—7800 atrofida bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bu haqda Spot Markaziy bankning 2018-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda kuzatilgan inflyatsion kutilmalar to‘g‘risidagi hisobotiga tayanib xabar berdi.

Yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan so‘rovda butun mamlakat bo‘ylab 750 nafar jismoniy shaxs va 300 yuridik shaxs qatnashdi.

Joriy yilning III choragi oxirida milliy valyuta almashuv kursi 7800 so‘mdan past darajada bo‘lishini kutayotgan aholining ulushi 48 foizni va tadbirkorlik subyektlarining ulushi 52 foizni tashkil etdi. So‘rovda ishtirok etgan jismoniy shaxslarning 29 foizi va yuridik shaxslarning 38 foizi esa sentabr oxirida milliy valyuta almashuvi kursi 7800—8000 so‘m oralig‘ida bo‘lishini kutayotganliklarini bildirishgan.

Shuningdek, joriy yil oxirida milliy valyuta almashuv kursini qiymati 7800 so‘mdan past darajada bo‘lishini kutayotgan aholining ulushi 52 foizga va tadbirkorlik subyetlarining ulushi 63 foizga teng bo‘ldi. So‘rovda ishtirok etgan jismoniy shaxslarning 19 foizi va yuridik shaxslarning 13 foizi yil oxirida almashuv kursi 8000 so‘mdan yuqori bo‘lishini e’tirof etdi. So‘rovda ishtirok etgan ekspertlarning 91 foizi III chorak oxirida milliy valyuta almashuv kursi 8000 so‘mdan past bo‘lishini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют