» » O‘zbekiston elektron vizasini olish uchun 10 kunda 1,5 ming xorijlik murojaat qildi. Ularning har beshinchisi xitoylik

O‘zbekiston elektron vizasini olish uchun 10 kunda 1,5 ming xorijlik murojaat qildi. Ularning har beshinchisi xitoylik


O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 25-iyul holatiga ko‘ra 1555 nafarga yetdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

O‘tgan 10 kun ichida dunyoning 41 davlatidan O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilingan. Ulardan 1095 kishiga elektron vizalar taqdim etilgan. 460 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda. Elektron viza so‘rab murojaat etganlarning 1062 nafari erkak, 493 nafari ayollardir. Hech kimga rad javobi berilmadi.

O‘zbekistonga eng ko‘p qiziqish bildirayotganlar safida hamon Xitoy fuqarolari yetakchilik qilmoqda. E-visa olish uchun murojaat etgan xitoyliklar soni 295 nafarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda AQSH fuqarolari bo‘lib, ular tomonidan 216 ta so‘rovnoma to‘ldirilgan.

Shuningdek, Buyuk Britaniya (176 nafar), Hindiston (154) va Fransiya (100) fuqarolari ham bu ro‘yxatda ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘tgan xaftada Ispaniya fuqarolaridan tushgan murojaatlar soni ham sezilarli darajada oshgan bo‘lib, ularning soni hozirda 70 taga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют