» » Farg‘onada bo‘lajak futbolchidan pul olmoqchi bo‘lgan direktor javobgarlikka tortildi

Farg‘onada bo‘lajak futbolchidan pul olmoqchi bo‘lgan direktor javobgarlikka tortildi


Farg‘ona viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Farg‘ona shahar futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Tohir Mo‘minov pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda “Farg‘ona haqiqati” gazetasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘g‘li va jiyanini mazkur futbol maktabiga o‘qishga kiritish istagida yurgan E.Parmonovadan sobiq direktor 600 AQSh dollari olib kelishini so‘ragan.

Holat yuzasidan E.Parmonova Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘iga ariza bilan murojaat etib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Davlat xavfsizlik xizmati va Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbiri tufayli jinoyatning oldi olindi. Tohir Mo‘minov E.Parmonovadan kelishilgan pulning 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.

Tohir Mo‘minovning qilmishi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinib, aybdor deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi Tohir Mo‘minovga nisbatan bir yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik ish haqining 75 baravari miqdorida jarima jazosini tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют