» » O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida yettinchi o‘rinda joylashdi

O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida yettinchi o‘rinda joylashdi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspert kengashi va KPMG kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Hukumat portali.

Unda “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspert kengashi vakillari B.Ismoilov, Z.Azimova hamda KPMG kompaniyasi vakillari S.Chekmazova va A.Dinkevich ishtirok etdi.

R.Davletov mehmonlarga vazirlik faoliyati, qonunchilik bazasini mustahkamlash, huquqni qo‘llash sohasidagi ishlar, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish institutlarini rivojlantirish borasidagi izchil islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Global Ranking (Order and Security) “Tartib va xavfsizlik” toifasi bo‘yicha (The 2017-2018 WJP Rule of Law Index) qonun ustuvorligi indeksida 7-o‘rinda ekani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, sud hokimiyatini mustahkamlash, mulkdorlar huquqlarini qonuniy tartibga solish, milliy qonunchilikni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni mehmonlar ham e’tirof etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют