» » Amerikaning Air Products kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritadi

Amerikaning Air Products kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritadi


Amerikaning Air Products kompaniyasi faqat to‘rtta mamlakatga investitsiya kiritishga qaror qildi. Ulardan biri — O‘zbekiston. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

8-avgust kuni “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Alisher Sultonov Air Products kompaniyasi prezidenti Seyfi Gasemi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Gasemi kompaniya rahbariyati xorijiy investorlar uchun eng istiqbolli, manfaatli va ishonchli  bo‘lgan to‘rtta mamlakatga investitsiya kiritishga qaror qilganligini ma’lum qildi.

Avvalroq Macro-Advisory konsalting kompaniyasi ishtirokida mustaqil audit o‘tkazilgan va uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoy, Saudiya Arabistoni va Rossiya qatorida istiqbolli mamlakatlar ro‘yxatidan joy olgan edi.

Kompaniya iqtisodiyotning turli sohalari, jumladan neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya ehtiyojlari uchun sanoat gazlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarga investitsiya kiritishga tayyor. Bundan tashqari, Air Products tabiiy gazdan polimerlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarga qiziqish bildirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют