» » Samarqandda Turkiyadan noqonuniy ravishda tilla buyumlar olib kelgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqandda Turkiyadan noqonuniy ravishda tilla buyumlar olib kelgan shaxslar qo‘lga olindi


Samarqandda Turkiyadan noqonuniy ravishda tilla buyumlar olib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand xalqaro aeroportiga Istanbuldan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi “yashil” yo‘lak orqali sumkasida umumiy og‘irligi 59,32 gramm bo‘lgan 2 dona zanjir, 1 juft zirak va uzuk hamda 2 dona bilaguzukni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Dastlabki surishtiruvda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan tilla buyumlarni 25 AQSh dollar evaziga olib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, xuddi shu reys bilan uchib kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi M.D. “yashil” yo‘lak orqali sumkasida shubhali buyumlar olib o‘tmoqchi bo‘lgani sababli, bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan. Uning qo‘l sumkasidan og‘irligi 64,75 gramm bo‘lgan 3 juft uzuk va zirak, 3 dona bilaguzuk, 1 dona zanjir topilgan. M.D. tushuntirish xatida yozishicha, zargarlik buyumlari unga Istanbul aeroportidan “pochta” tariqasida berib yuborilgan. Ya’ni, Samarqandda “pochta” egasi zargarlik buyumlarini M.D.ning uyidan olib ketishi kerak bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar vazni 65 grammgacha bo‘lgan qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishi mumkin.

2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyati bojxona xodimlari tomonidan 2 kilogrammga yaqin tilla va kumush buyumlarning noqonuniy olib kirilishi to‘xtatib qolingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют