» » O‘zbekistonda davlat oliygohlariga kirish test sinovlari 13 kunda yakunlandi

O‘zbekistonda davlat oliygohlariga kirish test sinovlari 13 kunda yakunlandi


Bugun, 13-avgustda O‘zbekistondagi barcha 60 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 19 ta filiallarida test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

13-avgust kuni test sinovlari Surxondaryo viloyatidagi 1 ta oliy ta’lim muassasasida beshta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan. Unda 1 355 nafar abituriyent qatnashgan, turli sabablarga ko‘ra 17 abituriyent imtihonga kelmagan.

Surxondaryoda o‘tgan so‘nggi test sinovlarining javoblar varaqalari 23:00 da Toshkentga, Davlat test markaziga yetib keladi. Test sinovlarining natijalari 14-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida DTM saytida e’lon qilinadi.

“Test sinovlari natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlarni va ularning ota-onalarini farzandlari o‘qishga kirganligi bilan tabriklaymiz”, — deb yozadi Aziz Abduhakimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют