» » Aurum 898 tungi klubining ikki qo‘riqchisi militsiyaga qarshilik ko‘rsatgani uchun 15 sutkaga qamaldi

Aurum 898 tungi klubining ikki qo‘riqchisi militsiyaga qarshilik ko‘rsatgani uchun 15 sutkaga qamaldi


Yunusobod tuman ma’muriy sudi 11-avgust kuni Aurum 898 tungi klubining ikki qo‘riqchisiga doir ishni ko‘rib chiqdi. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Har ikkala qo‘riqchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) 1-qismi va 195-moddasida (“Militsiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish”) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblangan.

Har ikki qo‘riqchiga eng kam ish haqining bir barobari (9-avgust holatiga ko‘ra — 184 300 so‘m) jarima va 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Qaror ijrosi Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB xodimlariga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgustga o‘tar kechasi Yunusoboddagi Aurum 898 tungi klubida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jamshid Kenjayev olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida tungi klubning to‘rt qo‘riqchisi — Sh.Qilichev, S.Kamoliddinov, J.Yorqulov va A.Hamroyev ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Agar aybdor deb topilsa, Sh.Qilichev 15 yilgacha, qolgan uch qo‘riqchi esa uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 13-avgust kuni Aurum 898 tungi klubi faoliyati to‘xtatilgani, klub peshtoqidan uning nomi, atrofidan reklama bannerlari olib tashlangani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют