» » Toshkentda litsey direktori va uning o‘rinbosari 2 000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda litsey direktori va uning o‘rinbosari 2 000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Oliy ta’lim muassasalaridan birining qoshidagi Akademik litsey direktori – 36 yoshli Y.A. va uning o‘rinbosari – 49 yoshli M.A. 2 000 AQSh dollari evaziga ushbu ta’lim dargohiga o‘qishga olib kirib qo‘yishni va’da bergani haqida huquq-tartibot organlariga ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi va Toshkent shahar IIBB JQB Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir rejasi ishlab chiqilib, gumonlanuvchi shaxslar talab qilingan xorijiy valyutani olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishi olib borilmoqda va gumonlanuvchilarning shu turdagi boshqa jinoiy ishlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra jinoyatning asl sabablari va omillariga aniqlik kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют