» » Hindistonning Lava kompaniyasi O‘zbekistonda mobil telefonlar ishlab chiqarishni boshlaydi

Hindistonning Lava kompaniyasi O‘zbekistonda mobil telefonlar ishlab chiqarishni boshlaydi


O‘zbekiston va Hindiston hamkorlikda mobil telefonlar ishlab chiqaradi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Xabar berilishicha, “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi vakillari tomonidan Hindistonga tashrif chog‘ida bu borada kelishuvga erishilgan.

Xususan, “O‘zeltexsanoat” boshqaruvi raisining o‘rinbosari Umid Islomning ta’kidlashicha, Hindistonning Lava kompaniyasi bilan O‘zbekiston hududida ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Shu bilan birga, KEC International LTD kompaniyasi bilan O‘zbekistonga umumiy qiymati 10 million dollarni tashkil qiluvchi kabel va transformatorlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Ta’kidlanishicha, mahsulot bu yerda yangi brend ostida ishlab chiqariladi. Birinchi navbatda turli ysohdagi foydalanuvchilar uchun telefonlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.

Lava brendi nafaqat Hindistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o‘z telefonlari, planshetlari, noutbuklari bilan tanilgan. Kompaniyaning gadjetlar tashqi ko‘rinishi bilan shug‘ullanuvchi o‘z dizayn markazi mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 07:07)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют