» » Adliya vazirligi 1727-avgust kunlari Inson huquqlari boyicha onlayn murojaat aksiyasini otkazadi

Adliya vazirligi 1727-avgust kunlari Inson huquqlari boyicha onlayn murojaat aksiyasini otkazadi


Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi aksiya elon qilindi. Vazirlik 2018 yilning 1727-avgust kunlari Inson huquqlari boyicha onlayn murojaat aksiyasini otkazadi. Bu haqda Daryoga vazirlikmatbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun 10 kun davomida maxsus virtual maydon tashkil etiladi. Yani maxsus havola orqali Siz adliya masullariga inson huquqlari borasida savollaringiz bilan togridan-togri murojaat qilishingiz mumkin.

Aksiya doirasida faqat quyidagi yonalishdagi murojaatlarga javob beriladi:

1. Shaxsiy huquq va erkinliklarga rioya etilishi (yashash huquqi, shaxsning erkin harakatlanish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi va shu kabilar);

2. Mehnat qilish huquqining kafolatlari (ishga joylashish, xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari, mehnat shartlariga rioya etilishi, mehnat tatillari, mehnatga haq tolash, majburiy mehnatga jalb etganlik uchun javobgarlik, mehnat shartnomalarini bekor qilish, mehnat nizolarini sudda korib chiqish va shu kabilar);

3. Talim olish huquqi (bolani maktabgacha talim muassasasiga joylashtirish, maktabda talim olish, maktabni tamirlash, bir talim muassasasidan boshqa talim muassasasiga oqishni kochirish, oqishga qayta tiklash va shu kabilar);

4. Mulkdor bolish huquqi (mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish, mol-mulklarni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoyish, mul-molkka yetkazilgan zararni undirish va shu kabilar);

5. Ijtimoiy taminot olish (pensiya yoshini hamda mehnat stajini aniqlash, nafaqalar, pensiyalar hamda moddiy yordam pullarini olish hamda ularning miqdorini aniqlash,voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgiz keksalar, nogironligi bor shaxslarga berilgan imtiyozlar);

6. Malakali tibbiy yordam (tez tibbiy yordam korsatish, tibbiy xizmatlar tariflari, imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish, shaxslarni dori vositalari bilan taminlash, surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bolgan bemorlarni majburiy davolash va shu kabilar);

7. Huquqbuzarliklar profilaktikasi (samosud, suitsid va oilaviy zoravonlikning oldini olish, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan mamuriy bayonnomalarni rasmiylashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari).

Javoblar foydalanuvchining elektron pochtasiga yoki Telegram raqamiga shaxsan yoki ijtimoiy tarmoq orqali ommaviy tarzda yollanishi mumkin (savol yollovchining xohishiga kora).

Murojaatlarni korib chiqish natijalari boyicha huquqi buzilgan shaxslar manfaatini himoya qilgan holda tasir choralari qollanilishi mumkin.

Aksiya doirasida murojaatlarga javob berish jarayonida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi Qonun talablari inobatga olinadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-08-2018, 14:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -