» » Aliakbar Po‘latov Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Aliakbar Po‘latov Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi


O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘i bilan Aliakbar Po‘latov Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Pulatov 1982-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik instituti hamda 2011-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Buxoro viloyati Kogon shahar prokuraturasida boshlab, keyinchalik Buxoro viloyati prokuraturasi hamda Bosh prokuraturada turli lavozimlarda ishlab, Toshkent shahar prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

2017-yilning iyun oyidan buyon Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют