» » Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Toshkentga yetib keldi. Ular tantanali ravishda kutib olindi (fotoreportaj)

Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Toshkentga yetib keldi. Ular tantanali ravishda kutib olindi (fotoreportaj)


Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII Osiyo o‘yinlarining g‘oliblari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Kutib olish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev, o‘zbek estradasining yorqin namoyandalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Abdulla Aripov qo‘lga kiritilgan jami 70 ta medal O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga munosib tuhfa bo‘lganini ta’kidladi. So‘zga chiqqan davlat va jamoat arboblari, taniqli san’atkorlar va sportchilarning ota-onalari ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarni qutlar ekan, kelajakda ulardan bundan-da katta yutuqlarni kutib qolishini aytdi. G‘oliblar shahar bo‘ylab aylanib, ularni ma’naviy olqishlab turgan muxlislarini xushnud etdi.

Turnirga O‘zbekistondan 331 nafar sportchi yo‘l olib, ular sportning 30 turi bo‘yicha mamlakat sharafini himoya qildi. O‘zbekistonlik sportchilar 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medali bilan qaytdi.

“Sportchilar orasidan Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari va Qurolli Kuchlar xizmatchilari 10 ta oltin, 11 ta kumush va 12 ta bronza medali bilan qaytgani bizni juda ham quvontirdi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Ruslan Nuriddinov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining yangi rekordchisiga aylangan bo‘lsa, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Vadim Menkov baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha to‘rt karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan ilk sportchi bo‘ldi”, – deydi podpolkovnik Mansur Mamadaminov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют