» » Olot chegara bojxona postida noqonuniy tovarlar to‘xtatib qolindi

Olot chegara bojxona postida noqonuniy tovarlar to‘xtatib qolindi


Buxoro viloyati Olot chegara bojxona posti xodimlari katta miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning qonunga xilof tarzda olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarni bartaraf qildi. Bunda mazkur postga o‘rnatilgan zamonaviy mobil skaner qurilmasi bojxonachilarga beminnat asqotmoqda, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Xorijiy davlatdan kirib kelgan va chet el fuqarosi boshqaruvidagi yuk avtomashinasi to‘xtatilib, yirik hajmdagi yuk avtotransoprt vositalari uchun mo‘ljallangan inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida, unga ortilgan yuklar bilan yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida nomutanosiblik yuzaga keldi.

Bojxona ko‘rigida davomida avtomashinaga yuk kuzatuv hujjatlarida umuman ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 2,3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 6,3 tonna og‘irlikdagi 16 ming 876 dona erkaklar jemperi va sviterlari ortilgani aniqlandi. Ushbu tovarlar hujjatlarda “erkaklar korjomasi” deya ko‘rsatilgan.

“Agar hujjatlarga ishonilganida, ulardan ko‘rsatilgan erkaklar korjomasini erkin muomalaga chiqarish uchun tadbirkor 109 million so‘m atrofida bojxona to‘lovlarini to‘lar edi. Lekin, bojxona ko‘rigi natijasida aniqlangan erkaklar jemperi va sviterlari uchun hisoblangan bojxona to‘lovlari 697 million so‘mdan ortar ekan.

Shundan so‘ng, mazkur yuklar ham belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yuk avtomashinasiga hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha 181,2 million so‘mlik 1,5 tonna og‘irlikdagi salkam 147 ming dona ruchkalar ortilganligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют