» » Kolumbiyalik yetti ming isyonchi BMT nazorati ostida qurollarni topshirmoqda

Kolumbiyalik yetti ming isyonchi BMT nazorati ostida qurollarni topshirmoqda


Kolumbiya Inqilobiy qurolli kuchlari guruhining yetti mingga yaqin isyonchisi BMT nazorati ostida qurolsizlanish uchun mamlakat hududida tashkil etilgan maxsus zonalarga yetib keldi. Bu haqda butunjahon tashkiloti bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Haq jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Kolumbiya Inqilobiy qurolli kuchlarining yetti mingga yaqin a’zosi BMT missiyasi Kolumbiyada qurolsizlantirish jarayonini nazorat qiluvchi zonaga yetib keldi.

Farxan Haq, BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari

Uning so‘zlariga qaraganda, jangarilar va ularning oila a’zolari ushbu hududlarga 19 kun davomida yetib kelgan.

Missiya rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Inqilobiy qurolli kuchlarning 300 ga yaqin kishidan iborat oxirgi guruhi 18-fevral kuni mamlakatning marzakiy qismidagi Kaketa departamentida joylashgan maxsus zonaga yetib kelgan. Missiya rahbari general Xavyer Peres Akino buni tarixiy hodisa deb atadi va isyonchilarning o‘z xohishi bilan kelishi qurolli to‘qnashuvlar ehtimolini sezilarli darajada kamaytirishini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют