» » Toshkentda elektrobuslar qatnaydigan yo‘nalishlar paydo bo‘lishi mumkin

Toshkentda elektrobuslar qatnaydigan yo‘nalishlar paydo bo‘lishi mumkin


“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi 2018—2019-yillarda siqilgan gazda harakatlanuvchi 550 ta past polli SamAuto LE 60 va MAN avtobuslarini sotib oladi. Bu haqda kompaniya raisi Mohirxo‘ja Valiyev matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ular konditsioner va pandus (nogironligi bo‘lgan kishilarning chiqib-tushishlari uchun mo‘ljallangan yo‘laklar) bilan jihozlanadi. 160 ta mashinadan iborat birinchi partiya noyabrda, yana 200 tasi 2019-yilda kelib tushishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, BMT Taraqqiyot dasturi doirasida mamlakatga elektrobuslarni keltirish yuzasidan loyihaga qo‘l urilgan.

“Biz 10—15 ta elektrobuslarni ishga tushirishni ko‘zda tutuvchi loyiha ustida ishlayapmiz. Ular joriy avtobuslarning o‘rnini bosmaydi, balki alohida yo‘nalishlarda qatnaydi. Ushbu ekologik transport uchun infratuzilma kerak. Loyihani amalga oshirish guruhini tuzib, bir yil-bir yarim yil ichida bu yo‘nalish bilan shug‘ullanish rejalashtirilmoqda. Loyiha qisman BMT TD tomonidan moliyalashtiriladi”, — dedi Mohirxo‘ja Valiyev.

Bundan tashqari, uning qayd etishicha, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda maktab avtobuslari loyihasi ishlab chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют