» » Angliya premyer-ligasining eng yaxshi o‘yinchisi kim ekanligi ma’lum qilindi

Angliya premyer-ligasining eng yaxshi o‘yinchisi kim ekanligi ma’lum qilindi


“Liverpul” sobiq himoyachisi Jeymi Karrager ayni damda Angliya premyer-ligasida kim eng yaxshi o‘yinchi bo‘lib turganligiga oydinlik kiritdi.

Karragerning so‘zlariga ko‘ra, “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar hozirda APLning eng kuchli o‘yinchisidir.

Azarni APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb o‘ylayman. O‘z pozitsiyamni tushuntirishga harakat qilaman. De Bryuyne hamda Muhammad Saloh o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchilari, biroq men so‘nggi 4-5 yil haqida gapiryapman. Mazkur oraliqda ham Azar ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Shuningdek, u JCh—2018 da ham eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi. Unga musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sovrini topshirilishi kerak edi, deb hisoblayman. Uni to‘xtatib qola olgan bo‘larmidim? Yoki unga qarshi provokatsiya qila olarmidim? Oxir-oqibatda bir qarorga keldim, men uni to‘xtatib qola olmasdim, u juda kuchli o‘yinchi.

Jeymi Karrager, sobiq futbolchi

Ma’lumot uchun, Eden Azar APLning amaldagi mavsumida 5-turdan keyin 5 ta gol bilan to‘purarlar jadvalini boshqarib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют