» » Gonkongda Nobel mukofoti sohibi Charlz Kao vafot etdi

Gonkongda Nobel mukofoti sohibi Charlz Kao vafot etdi


Xitoylik muhandis-fizik, Nobel mukofoti sohibi Charlz Kao Gonkongda 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, 2004-yili professorda Alsgeymer xastaligi aniqlangan edi. 2010-yili u rafiqasi bilan birgalikda shu xastalikka chalinganlarga yordam berish jamg‘armasiga asos solgan hamda o‘shandan beri jamoatchilik diqqatini ushbu muammoga qaratishga harakat qilib kelayotgan edi.

Charlz Kao uzoq yillar mobaynida optik tolali texnologiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanib kelgan va telekommunikatsiya sohasi rivojiga hissa qo‘shgan edi. 2009-yili u o‘z xizmatlari tufayli Nobel mukofoti bilan taqdirlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 12) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют