» » Yerevanda MDHga a’zo davlatlar Harbiy ta’lim masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasining 3-yig‘ilishi o‘tkazildi

Yerevanda MDHga a’zo davlatlar Harbiy ta’lim masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasining 3-yig‘ilishi o‘tkazildi


Armaniston poytaxtida MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Harbiy ta’lim masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yig‘ilish davomida MDHga a’zo mamlakatlar oliy hirbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan IV Xalqaro olimpiadada erishilgan natijalar, yuqori o‘rinlarni band etgan mamlakatlar tajribalaridan namuna olish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonlik kursantlar ham joriy yilda ilk bora ushbu olimpiadada qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Yerevanda o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi nomidan harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shermuhammad Saidahmadov vakillik qildi. U Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi)ning 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbir haqida yig‘iliganlarga hisobot materialini o‘qib eshittirdi. Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining yubiley sanasiga bag‘ishlab yaratilgan videorolik yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют