» » O‘zbekistonda fuqarolarga bepul maslahat beruvchi veb-portal yaratiladi

O‘zbekistonda fuqarolarga bepul maslahat beruvchi veb-portal yaratiladi


Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda turli sohalar (tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya va hokazo) bo‘yicha bepul maslahat beradigan “Advice.uz” yagona ma’lumotlar portalini yaratish ishlari boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur portalni muvaffaqiyatli ishga tushirish maqsadida Prezident administratsiyasi va Adliya vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaning Londonga safari uyushtirildi.

Safar davomida Britaniyaning fuqarolarga maslahat berish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlari, xususan, 1939-yilda faoliyatini boshlagan Citizens Advice tarmog‘i faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Citizens Advice Britaniyaning mamlakat bo‘yicha 316 mustaqil xayriya tashkilotlari tarmog‘i hisoblanadi.Tizim orqali ijtimoiy yordam, mehnat munosabatlari, qarzdorlik, is’temolchilarning huquqlarini himoya qilish, oila, uy-joy, sud-huquq, migratsiya sog‘liqni saqlash kabi sohalarda elektron portal, telefon, elektron va Webchat xizmati yordamida bepul ma’lumot va maslahatlar taqdim etadi.

Bundan tashqari, Citizens Advice’ning Buyuk Britaniya hududida 600 dan ortiq byurosi mavjud bo‘lib, ularga aholi o‘zining muammosi bo‘yicha bepul maslahat olish uchun murojaat qilishi mumkin.

Cafar davomida O‘zbekiston delegatsiyasining Fuqarolar maslahatlari byurosi milliy uyushmasi, mazkur uyushma bilan hamkorlik qiluvchi Buyuk Britaniya hukumatining elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha xizmati, Biznes, energetika va sanoat strategiyasi departamenti hamda Buyuk Britaniyada mustaqil maslahat xizmatlari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi AdviceUK xayriya tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar doirasida delegatsiya a’zolari va xorijiy tashkilot vakillari o‘rtasida “Advice.uz” Yagona axborot portali loyihasini O‘zbekistonda ishga tushirish istiqbollari bo‘yicha fikrlar almashildi.

Citizens Advice vakillari mazkur loyihani amalga oshirishda kerakli bo‘lgan barcha axborot resurslarini taqdim etish, ekspert yordamini ko‘rsatish orqali Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Government Digital Services vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda axborot texnologiyalari, xususan, mazkur portalning veb platformasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilishga qaror qilindi. Tomonlar O‘zbekiston delegatsiyasining kelgusi safarida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishishdi.

Ma’lumot uchun, bepul maslahat beruvchi veb-portalning yaratilishi fuqarolarning arzimagan masalalar bo‘yicha turli idoralarga murojaat qilishini keskin kamaytirishi bilan birgalikda, kundalik hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan turli muammoli masalalarning qonuniy yechimini topishini ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют