» » Rashid Rahmatov O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Rashid Rahmatov O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi farmoniga asosan Rashid Rahmatov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rashid Rahmatov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Navoiy shahar prokuraturasidan boshlagan. 2009-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2017-yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют