» » Ishtixonda yuqumli kasalliklar shifoxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Ishtixonda yuqumli kasalliklar shifoxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yuqumli kasalliklar shifoxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Oldin ishtixonliklar markaziy shifoxonadan 12 km uzoqlikdagi tibbiyot muassasasiga qatnagan.

30 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu shifoxona binosi uchun investitsiya dasturi asosida 2 mlrd 700 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Markaziy shifoxona yaqinida qad rostlagan mazkur bo‘lim tibbiyot jihozlari, texnologik uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan. Bemorlar uchun maxsus va umumiy xonalar mavjud.

“Yangi bino shifokorlar uchun ham, bemorlar uchun ham qator qulayliklarga ega, – deydi ushbu bo‘lim boshlig‘i Sayfiddin Yo‘ldoshev. – Eng muhimi, odamlarning ovoragarchiligiga nuqta qo‘yildi. Bu shart-sharoitlar bemorlarga o‘z vaqtida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi”.

Ishtixon tuman birlashmasi boshlig‘i Ulug‘bek Suvonovning aytishicha, kelgusi yilda investitsiya dasturiga ko‘ra markaziy shifoxonaning terapiya va ma’muriyat binolari yangidan barpo etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют