» » PROlogue kinofestivalining ochilish va yopilish marosimlari Alisher Navoiy nomidagi teatrda bo‘lib o‘tadi

PROlogue kinofestivalining ochilish va yopilish marosimlari Alisher Navoiy nomidagi teatrda bo‘lib o‘tadi


27—30-noyabr kunlari Toshkentda IV PROlogue xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

27-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida kinofestival direksiyasi vakillari, hakamlar hay’ati va OAV xodimlari ishtirokida asosiy matbuot anjumani tashkil etiladi.

Shu kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik kata teatrida PROlogue kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Scorpion filmining gala – premyerasi o‘tkaziladi.

27 dan 30-noyabrgacha kinofestival doirasida Yoshlar ijod saroyida qisqa metrajli filmlar namoyishi, Premiyer Hall kinoteatrida esa tanlov doirasida to‘liq metrajli filmlar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro kinofestivalning barcha mehmonlari LOTTE City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasiga joylashtiriladi.

PROlogue-2018 kinofestivalining yopilishi marosimi 30-noyabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yil PROlogue kinofestivalida 13 ta davlat, jumladan, AQSh, Koreya, Polsha va boshqa mamlakatlar vakillari o‘z filmlarini namoyish etadi.

Barcha xohlovchilar qisqa va to‘liq metrajli kartinalar namoyishiga kelishi mumkin. Kirish bepul.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi va O‘zbekiston Milliy kino komissiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют