» » Toshkent viloyatida avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlari tekshirilmoqda

Toshkent viloyatida avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlari tekshirilmoqda


Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi YHXB va uning joylardagi bo‘lim, bo‘linmalari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qolaversa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan reyd tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

– O‘tkazilgan reydlar davomida jami 68 ta turli ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar, xususan, 18 holatda gaz ballonining navbatdagi sinovdan o‘tkazish muddati o‘tib ketgani, 25 holatda gazda ishlash uchun qayta jihozlanganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar haydovchilarning yonida mavjud bo‘lmagani, 12 holatda o‘zboshimchalik bilan gaz ballonini o‘rnatib olganliklari, 3 holatda tegishli tartibda YHXBdan ro‘yxatdan o‘tmaganliklari aniqlanib, haydovchilarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi, – deydi Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori Rustam Asqarov. – Jumladan, tadbirlar davomida haydovchi X.Sh. boshqaruvidagi “Labo” rusumli yuk avtomobili to‘xtatib tekshirilganda, avtomobil gazda ishlash uchun qayta jihozlanganligi, lekin tegishli hujjatlari mavjud emasligi, haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli transport vositasi to‘xtatib tekshirilganda transport vositasiga o‘rnatilgan gaz balloni hozirda taqiqlangan SPG-2 turidagi (kapron) gaz balloni ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, xabarda joriy yilning 1-noyabr kunidagi reydlar davomida ham bu kabi qoidabuzarliklar aniqlanib, haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi bilan bir qatorda, gaz yoqilg‘isini quyish uchun kelgan vaqtda gaz quyish shoxobchalarining mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda hujjatlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilishi, hujjatlarida kamchiliklari mavjud bo‘lgan yoki talabga javob bermaydigan gaz ballonlariga xavfsizlik nuqtai nazaridan gaz yoqilg‘isi quyishni cheklash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqligi haqida aytiladi.

Toshkent viloyat IIB YHXB va uning joylardagi bo‘lim, bo‘linmalari tomonidan bu borada olib borilayotgan reydlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют