» » O‘zbekistonda ikkita neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinadi

O‘zbekistonda ikkita neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinadi


“O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekistonda Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari  modernizatsiya qilinishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda kompaniya neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. Bu konsepsiyada sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi. Bu haqda Spot xabar berdi.

“Unda asosiy e’tibor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan tabiiy gazni chuqur qayta ishlash, ikkita neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvurining 4-liniyasini qurishga qaratiladi”, — deyilgan xabarda.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu zavodlarning yuklanishi 50 foizdan oshmaydi.

Bundan tashqari,  “O‘zbekneftgaz” Jizzax viloyatida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlovchi yangi neftni qayta ishlash majmuasini qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda.

Yangi zavod xomashyoni Rossiya va Qozog‘istondan neft quvuri orqali oladi. Omsk – Pavlodar – Chimkent neft quvurining liniyalaridan biri Jizzax viloyati yaqinidagi joygacha tortilgan. U yerdan majmuaga 100 kmlik quvur tortiladi, bu esa majmuani neft bilan minimal xarajatlarda ta’minlashga imkon beradi.

Yangi zavod yiliga “Yevro-5” standartiga mos keluvchi 3,1 mln tonna motor moyi, 1 mln tonnadan ko‘proq aviatsion kerosin, suyultirilgan gaz, mazut, bitum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Jizzax neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi bilan 2 mingdan ko‘proq ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют