» » Toshkent shahrida Koreya milliy xalq tabobati markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida Koreya milliy xalq tabobati markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) va Koreya sog‘liqni saqlashni rivojlantirish instituti (KHIDI) bilan hamkorlikda 27-noyabr kuni Toshkentda Koreya milliy xalq tabobati markazi ochildi.

Koreya xalq tabobati markazining ochilishiga ikki davlat — O‘zbekiston va Koreya Respublikasi hamkorlikdagi sa’y-harakatlari orqali erishildi.

Tibbiy muassasaning ochilishidan oldin Koreya—O‘zbekiston ilmiy almashinuvi seminari tashkil etildi va unda o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O‘zbekistonda bunday keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun tegishli normativ-huquqiy baza mavjudligi alohida ta’kidlandi.

An’anaviy tibbiyotni rivojlantirishga eng yuqori darajada qaror qabul qilindi. Prezident 2018-yil 10-avgustda “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.

O‘z navbatida koreyalik sheriklar, Chong-Yong klinikasi 2015-yildan buyon Koreya Respublikasi tibbiyotning globallashuvi loyihasini amalga oshirmoqda. TTA bilan Koreya tomoni (KHIDI)

O‘rtasida memorandum imzolandi, natijada Toshkentda an’anaviy Koreya xalq tabobati markazi tashkil etildi.

Marosimni TTA rektori To‘ychiyev Laziz Nodirovich ochdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Yusupaliyev Bahodir Qahramonovich, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich ma’ruza qildi. Koreya tomonidan loyihaning boshlanishiga Sog‘liqni saqlash vazirligining bo‘lim boshlig‘i Pak Jong Xa tomonidan start berildi.

Mehmonlarni shuningdek, TTA va KHIDI bilan hamkorlikda, ochilgan milliy tibbiyot markazi direktori doktor Shin Esuk qutladi. Nutqdan so‘ng TTA rektori mehmonlarni markaz bo‘ylab sayr qilishni taklif qildi.

Koreya xalq tabobati filiali barcha kerakli jihozlar, uskunalar va zaruriy ashyolar bilan ta’minlangan. Bu yerda o‘quv jarayonining bir qismi sifatida kabinetda akupunkturning turli usullari, masalan, pichoq va filamentli, shuningdek, farmakopunktur davolash-romatoid va degenerativ artrit kasalliklarini ari yordamida davolash usuli mavjud bo‘ladi.

Koreya milliy xalq tabobati markazi O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro hamkorlikning ajoyib namunasi sifatida namoyon bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют