» » O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari Sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan eskirgan harbiy samolyotlarni sotmoqchi

O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari Sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan eskirgan harbiy samolyotlarni sotmoqchi


O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari Sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan va eskirgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarni sotuvga qo‘ymoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.

So‘nggi kunlarda Amerikaning Sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan harbiy texnikani sotish bilan shug‘ullanuvchi Redfish Trading Company kompaniyasi qator samolyotlarni sotuvga qo‘ygani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deyiladi xabarda. Nashr “Topwar.ru” portaliga tayanib yozishicha, bunda gap yettita MiG-29, beshta Su-27 qiruvchilari, bitta Su-25 hujumchi samolyoti va 22 ta Su-17 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlar haqida bormoqda. Ma’lumotda ular O‘zbekiston HHKga tegishli ekanligi aytiladi.

Nashr tahririyati O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga murojaat qilganida, jangovar samolyotlar sotilgani faktini qisman tasdiqlashdi. Gap shundaki, respublikada jangovar texnika savdosi bilan “O‘zmaxsusimpeks” ixtisoslashgan tashkiloti yopiq tender asosida shug‘ullanadi.

Mudofaa vazirligi haqiqatan ham ushbu tashkilotga murojaat qilib, shtatdan tashqari eskirgan texnikani sotishni taklif etgan, ammo ayni paytgacha tender g‘olibi aniqlanganicha yo‘q, butun texnika doimiy tayanch bazalarida qolmoqda.

Harbiy muassasa vakillari ma’lumotlariga ko‘ra, eskirgan jangovar vertolyotlar ham sotuvga qo‘yilmoqda, ammo Mudofaa vazirligining yangi texnika sotib olish bo‘yicha rejalari yo‘q.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют