» » XTV va BMT ta’lim tizimida bola huquqlarini ta’minlash masalalarini muhokama etdi

XTV va BMT ta’lim tizimida bola huquqlarini ta’minlash masalalarini muhokama etdi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 5-dekabr kuni BMTning bola huquqlari qo‘mitasi raisi Renata Vinterni qabul qildi, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

Uchrashuvda BMT delegatsiyasi tarkibiga UNICЕF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman boshchiligida ushbu tashkilot xodimlari ham ishtirok etdi.

Tomonlar mazkur uchrashuv doirasida xalq ta’limi tizimida bola huquqlarini himoya qilish masalalarini atroflicha muhokama etdi.

Jumladan, tomonlar ilg‘or xorijiy tajriba asosida tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Xalq ta’limi vazirligi taklifiga ko‘ra, tomonlar tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash uchun takliflar ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют