» » Shayx Ravil Gaynutdin: Buxoro va Samarqand Islom ilmlari o‘chog‘i bo‘lgan

Shayx Ravil Gaynutdin: Buxoro va Samarqand Islom ilmlari o‘chog‘i bo‘lgan


Mo‘min-musulmonlarning juda ko‘p qismi, shu jumladan, rossiyalik musulmonlar uchun Buxoro va Samarqand shaharlari asrlar davomida islom ilmlarining o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdin janoblari Parij shahrida boshlangan “Islom va globallashuv muammolari” mavzusidagi XIV xalqaro musulmon forumida alohida ta’kidladi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Shayx Ravil Gaynutdinning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilgi ushbu anjuman doirasida musulmon tamaddunining bir necha buyuk mutafakkirlari nomlari ulug‘lanadi. Shayx mana shunday mo‘tabar zotlar qatorida tavalludining 700 yilligi nishonlanayotgan Bahouddin Naqshband hazratlari va tavalludining 400 yilligi nishonlayotgan Boburiylar sulolasining vakili Sulton Muhammad Avrangzeb Bahodirni alohida qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, u quyidagi so‘zlarni bayon etdi:

“Ushbu yubiley sanalariga hamohang ravishda mazkur anjuman ishtirokchilarining jo‘g‘rofiy uyg‘unlashuvida ham juda katta ramziy ma’no-mazmun bor. Bugun ‘Chishti’ jamg‘armasi raisi Said Salmon Chishti ushbu yig‘inda ishtirok etmoqda. Mazkur tariqat asoschisi – Shayx Muyniddin Chishti hazratlari bilimlarining ko‘p qismini Buxoro, hozirgi O‘zbekiston zaminida olgan. O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov hazratlari ham bugun bizning oramizda fayz bag‘ishlab o‘tiribdilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasi bugungi kunda ko‘p asrlar davomida O‘zbekiston zaminida to‘plangan ulkan diniy merosni qayta tiklash yo‘lida juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Musulmon jamoalarning juda katta qismi, shu jumladan rossiyalik musulmonlar uchun ham Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlar asrlar davomida islom bilimlarining o‘chog‘i bo‘lganini e’tirof etamiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют