» » YChL. Leroy Sane “Siti”ga g‘alaba keltirdi, “Lion” “Shaxtyor” bilan durang o‘ynab, 1/8 finalga chiqdi (video)

YChL. Leroy Sane “Siti”ga g‘alaba keltirdi, “Lion” “Shaxtyor” bilan durang o‘ynab, 1/8 finalga chiqdi (video)


12-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi “F” guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Siti” o‘z uyida “Hoffenhaym”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 16-daqiqada Andrey Kramarich penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, mebzonlarning ikki golini Leroy Sane 45 va 61-daqiqalarda kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

YChL pley-offining so‘nggi yo‘llanmasi sohibi “Shaxtyor”—“Lion” uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. “Konchilar” o‘z uyida “sherlar”ni mag‘lub eta olmadi. O‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Natijada guruhda 2-o‘rinni egallagan “Lion” 1/8 finalga yo‘l oldi.

6-turdan so‘ng guruhdagi yakuniy holat

Yevropa Chempionlar Ligasi

6-tur bellashuvlari

12-dekabr, chorshanba

“Manchester Siti” – “Hoffenhaym” 2:1

Gollar: 0:1 – 16, penalti Kramarich, 1:1 – 45 Sane, 2:1 – 61 Sane.

“Shaxtyor” – “Lion” 1:1

Gollar: 1:0 – 22 Morayes, 1:1 – 65 Fekir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют