» » Toshkentdagi 505 ta mahallada ko‘ngillilar Qorbobo libosini kiydi

Toshkentdagi 505 ta mahallada ko‘ngillilar Qorbobo libosini kiydi


Toshkent shahridagi 505 ta mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan tayyorlangan Qorbobo kiyimlari 16-dekabr kuni mahalladagi posbonlar va ko‘ngillilarga tarqatilgan. Bu haqda Toshkent shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi bosh mutaxassisi Alisher Yormatovga tayanib, Turon24 xabar berdi.

Xabar qilinishicha, “Mahallada Yangi yil” deb nomlangan ushbu loyiha doirasida mahallalarda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlanganlar, yuz yoshdan oshgan hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uylarida bayram tashkillashtiriladi.

Shuningdek,  joriy yilning 20—31-dekabr kunlari Toshkent shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir mahalladagi mahalla markaziy binosi, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar oldida va bolalar maydonchalarida bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют