» » Qishloq xo‘jaligi vazirligi: Tokni xalqalash — uzum donalari hajmini 10-30 foizga oshiradi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi: Tokni xalqalash — uzum donalari hajmini 10-30 foizga oshiradi


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati uzumdan yanada ko‘proq hosil olish uchun olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot beruvchi maqolani “Daryo”ga taqdim etdi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

Xalqalash tok tanasida aylanasiga ingichka chiziq ko‘rinishidagi po‘stloqni kesib olishdir. Bu amaliyot har yili tokning o‘q tanasida (stvol) yoki ko‘p yillik tana, ya’ni “qo‘l” qismlarining ilgari xalqalanmagan qismida amalga oshiriladi. Xalqalash uglevod va gormonlar tokning floema (ichki po‘stloq) qatlami bo‘ylab pastga qarab oqishini to‘xtatib qo‘yadi va to‘g‘ri vaqtda amalga oshirilganda aksariyat urug‘siz xo‘raki navlarda uzum donalari hajmini oshiradi. To‘g‘ri xalqalash uzum donalari hajmini 10-30 foizga oshira oladi.

Bu usuldan eng yaxshi natijalar to‘liq gullash davridan 10 kun o‘tgach qo‘llanilganda olinadi - odatda may o‘rtalaridan oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Xalqalash usuli faqat voyaga yetgan toklarga nisbatan qo‘llaniladi, toklar kamida 4-5 yillik rivojlanishga ega bo‘lishi lozim. Agar tok tanasi juda yo‘g‘on va eshilgan bo‘lsa, asosiy katta novdalarni xalqalash tavsiya etiladi. Xalqalangan va xalqalanmagan novdalarda yetilgan uzum donalari o‘rtasidagi farqni ko‘rish uchun ba’zi novdalarni xalqalab, usulning samarali ekanligiga ishonch xosil qilish mumkin.

Bevosita kesishga kirishishdan avval xalqalangan qism osilib turgan bo‘sh po‘stloq qatlamidan tozalanadi. Chiziq kengligi 5-6 mm.ni tashkil etadi. Floema qatlami to‘liq olib tashlanishi muhim ahamiyatga ega, shuning uchun pichoqni yaxshigina kuch bilan bosish talab etiladi.

Xalqalangandan so‘ng 20 daqiqa o‘tgach uning to‘g‘ri amalga oshirilganligini tekshirish mumkin - to‘g‘ri xalqalanganda to‘liq oq rangdagi ksilema (yog‘och) ko‘rinib turadi. Xalqalangandan so‘ng qolib ketgan jigarrang tusdagi har qanday qism yo‘qotilishi lozim; floema to‘qimalarining xatto 3 millimetr qolib ketishi ham xalqalash orqali erishish mumkin bo‘lgan natijalarni yo‘qqa chiqaradi. Chandiqni juda chuqur tushirish salbiy oqibatlarga ega: suv harakatlanadigan ksilema qatlamiga zarar yetkazish tokni kuchsiz qilib qo‘yishi mumkin. Kesish to‘g‘ri amalga oshirilganda, kesilgan po‘stloq oson ajralib chiqishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 136) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют