» » O‘zbekistonga xorijdan pul jo‘natmalari hajmi 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonga xorijdan pul jo‘natmalari hajmi 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi


2018-yilning 9 oyi mobaynida xorijdan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan qariyb 77 foizi Rossiyadan yuborilgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotiga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.

Mazkur vaqt mobaynida mamlakatga 1 milliard dollar naqd pul olib kelingan.

Eng ko‘p pul jo‘natmalari Rossiyadan yuborilgan — 2,96 milliard dollar.

Shuningdek, Qozog‘istondan 247 million, Turkiyadan 155 million, AQShdan 138 million va Janubiy Koreyadan 77 million dollar pul jo‘natmalari amalga oshirilgan.

2018-yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar O‘zbekistondan xorijga pul jo‘natmalari hajmi 639 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistondan asosan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Xitoyga pul jo‘natmalari yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют