» » Uzbek Tigers vs Patriot Boxing Team — prevyu. Bugun Hasanboy Do‘stmatov ringga chiqadi

Uzbek Tigers vs Patriot Boxing Team — prevyu. Bugun Hasanboy Do‘stmatov ringga chiqadi


Bugun — 4-mart kuni Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi Toshkentda Uzbek Tigers’ga qarshi janglarda ishtirok etadi. Unga “O‘zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

3-turdagi raqib va nihoyat poytaxt Toshkentda qabul qilinadi. Raqib — Patriot Boxing Team bunga qadar qozog‘istonliklardan 2:3 hisobida yengilgan va xitoyliklarni 4:1 hisobida taslim qilgan.

Bokschilar orasida Rio—2016 qahramoni Hasanboy Do‘stmatov hamda China Dragons’ga qarshi jang arafasida jarohat olib, ringga chiqa olmagan Elnur Abduraimov bor.

WSB
Osiyo mintaqasi. 3-tur
4-mart, shanba

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Bator Sagaluyev
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov — Dmitriy Sharafutdinov
-64 kg: Elnur Abduraimov — Radmir Abdurahmonov
-75 kg: Isroil Madrimov — Rajab Rajabov
+91 kg: Zuxriddin Mahkamov — Islom Tekeyev

Ma’lumot uchun, 56 kilogramm vaznda Abdulhay Shorahmatov Xitoyda raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi unga yana bir bor imkoniyat beriladi.

MTRKning “Sport” telekanali Uzbek Tigers bokschilari ishtirokidagi janglarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi. “Bunyodkor”ning “So‘g‘diyona”ga qarshi 18:00 da start oladigan o‘yini esa yozib olingan holda kechki efirda namoyish qilinadi.

Опубликовано: admin (4-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют