» » Avstriya TIV rahbari qochoqlar uchun Gruziyada Yevropa markazlarini ochishni taklif qildi

Avstriya TIV rahbari qochoqlar uchun Gruziyada Yevropa markazlarini ochishni taklif qildi


Avstriya TIV rahbari Sebastyan Kurs Yevropa Ittifoqining qochoqlarni qabul qilish bo‘yicha markazlarini blokdan tashqarida, masalan, Gruziya, Misr yoki G‘arbiy Bolqonda tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Bild nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Bu muassasalar Misr, Gruziya yoki G‘arbiy Bolqondagi mamlakatlardan birida joylashishi mumkin”, — dedi vazir Bild nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga qaraganda, Yevropa Ittifoqiga noqonuniy kirishga intilayotgan kishilar yuqoridagi kabi markazlarga yuborilishi mumkin.

Kurs, shuningdek, Germaniya kansleri Angela Merkelning migratsion yo‘nalishini tanqid qildi.

“Bu noto‘g‘ri siyosat ko‘plab mamlakatlar rahbarlari va hukumatlari, shuningdek Yevrokomissiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Uning asosini ezgu maqsadlar tashkil qiladi, biroq biz odamlarni markaziy Yevropaga  jalb qilsak, ularning soni borgan sari oshib boradi”, — dedi Kurs. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют