» » Rossiya FXX Suriyadagi jangarilarga mablag‘ yig‘gan guruhni qo‘lga oldi

Rossiya FXX Suriyadagi jangarilarga mablag‘ yig‘gan guruhni qo‘lga oldi


Rossiya Federal xavfsizlik xizmati IShID xalqaro terroristik tashkilotini moliyalashtirish uchun mablag‘ to‘plash bilan shug‘ullanadigan maxfiy guruhni aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Ular xalqaro terrorchilik tashkilotning emissarlari vazifasiga ko‘ra xayriya aksiya tadbirlari niqobida pul yig‘ib, Suriya Arab Respublikasidagi radikal uyushma a’zolariga yuborgan.

Tadbir davomida FXX tomonidan terrorchilik tashkiloti a’zolari uchun 10 million rubldan ortiq mablag‘ sxema orqali moliyalashtirilib, hujjatlashtirilganligi aniqlangan.

FXX materiallariga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha RF Jinoyat kodeksining 205.1-moddasiga (“Terrorchilikka ko‘maklashish”) ko‘ra uchta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari doirasida uch nafar shaxs qo‘lga olingan. Sud qaroriga binoan ularning jinoiy faoliyatini tasdiqlovchi materiallar olib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют